Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oltin}
So‘z bo‘g‘inlari: ol-tin
Izoh(lar)i:
oltin ot

1. 1. Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element; sariq-qizg‘ish tusli qimmatbaho nodir metall; zar: tilla. Sof oltin. Oltin soat. Yo‘qolgan pichoqning sopi oltin. Maqol
Direktor o‘sha terilar uchun ko‘rgazmaning oltin medalini oldi. S. Ahmad, Yulduz
Xomtok qilingan ishkomda husayni uzumlar oltindek tovlanmoqda. I. Rahim, Ixlos

2. ko‘chma hma Har qanday qimmatbaho yoki aziz narsa haqida. Yer —xazina, suv — oltin. Maqol
Do‘st-yorlar ahil bo‘lsa, Cho‘lda oltin undirar. Maqol
Qo‘shiq aytib kelaman qir yoqalab. Gulchechaklar teraman Sir yoqalab. Ter to‘kib yetishtirgan oltinimiz Turadi chanog‘ida bizga qarab. Folklor

3. 3. Shu metalldan zarb qilingan pul. Homid yonchig‘ini chiqarib, bir qo‘lidan ikkinchi qo‘liga oltinlarni sanab tushira berdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bunchalik dabdaba, albatta, xazinadagi oltinlar kuchi bilan bo‘lgandir, deb ba’zilarning ko‘ngliga kelar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

4. sft. ko‘chma hma Qimmatli, bebaho (fikr, gap, so‘z, ish, vaqt va shu kabilar haqida). Oltin yoshlik. Yosh chog‘im — oltin chog‘im. Maqol
Kam bo‘lmang, raisim, oltin so‘zlarni aytdingiz. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Amuning bo‘yida kezardim tanho. Shu oltin damlarni sezardim tanho. G‘ayratiy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

«Oltin yorug‘»– buddayivlikka e’tiqod qilgan turkiy qavmlar orasida mashhur bo‘lgan qadimgi yozma yodgorlik. Asl nomi Suvarnaprabxasa, sanskrit tilidan qadimgi xitoy tiliga tarjima qilingan. X asrda Beshbaliq shahrida Sengi Seli Tudung uni xitoy tilidan qadimgi turkiy tilga «Oltin yorug‘» nomi bilan tarjima qilgan va eski uyg‘ur-turk tiliga ko‘chirgan. O‘nta afsonani ichiga olgan asar 675 sahifadan iborat. Barchasida buddaviylikning “najot topish” ta’limoti birinchi o‘rinda turadi. Unda aks etgan “to‘rt oliy haqiqat” bosqichi ham O‘rta Osiyo xalqlarining falsafiy qarashlariga mos keladi. «Oltin yorug‘»ning hozir foydalanilayotgan nusxasi XVIII asrda ko‘chirilgan va Sankt-Peterburgdagi Osiyo muzeyida saqlanadi. Uni 1910- yilda Sharqiy Turkistonning Xan-su viloyatidagi Vun-shigu qishlog‘idan S.Y.Malov topgan. Topilmaning faksimel nusxasini u va V.V.Radlov nashr qilgan (1913–17). Nemis olimi V.Myuller esa asarning 1920 sahifasini asl nusxa bilan qiyoslagan holda chop ettirgan (1913). V.V.Radlov «Oltin yorug‘»ning bir qismini nemis tilida nashr qilgan (1930). Turk olimi Rashid Rahmatiy Arat «Oltin yorug‘»ni transliteratsiya qilib, usmonli turk tiliga tarjima qilishni boshlagan, lekin ish yakun topmagan. Yana bir turk olimi Cheval Qoya yuqorida eslatilgan faksimel nashr asosida «Oltin yorug‘»ni to‘liq transliteratsiya qilib, chop ettirdi (Anqara, 1994). O‘zbek olimi Nasimxon Rahmonov asarni o‘zbek tiliga o‘girib, “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalida e’lon qildi.

 

Ibora(lar): mavjud emas.

1. Mis – kumush – oltin
Ma’nosiga ko‘ra
(qiymat darajasining oshib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.