Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {olqish} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ol-qish-la-moq
Izoh(lar)i:
olqish ot

1. 1. Yaxshilik tilab aytilgan, aytiladigan so‘zlar, maqtov, duo. Olqish olgan omondir, qarg‘ish olgan yomondir. Maqol
Taqdir taqozosi bilan yo‘l-yo‘lakay behisob achchiq-chuchuk mazasini totdi, piching ham, olqish ham eshitdi. Yoshlik

2. 2. Mamnunlik, tahsin bildiruvchi qarsaklar. Mirsoatning hisob ma’ruzasidan keyin uzoq olqish bo‘ladi. A. Qodiriy, Obid ketmon
Qo‘shiqning oxiri olqishlarga ko‘milib ketdi. N. Aminov, Yolg‘onchi farishtalar

Antonim(lar)i: qarg‘ish
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.