Olmosh – aniq atash ma’nosiga ega bo‘lmasa-da, gap tarkibida biror so‘roqqa javob bo‘ladigan, ma’lum gap bo‘lagi vazifasida kelib, barcha mustaqil so‘z, undov, taqlid so‘z, ba’zan so‘z birikmasi, gap, hatto matn o‘rnida qo‘llanadigan, ularga ishora qiladigan mustaqil so‘z turkumi.
Ma’noviy xususiyati. Olmosh umumiyvamavhumma’nobildiradi. Shuningdek, uning bir qismi so‘roq so‘zidan iborat.Olmoshanglatganma’nomatndaoydinlashadi: 1) ot o‘rnida: Mahbuba (ot) o‘qiydi– Men (olmosh) o‘qiyman. Ukam (ot) keldi – U (olmosh) keldi; 2) sifat o‘rnida: qiziq (sifat) kitob –shunday (olmosh) kitob, qanday (olmosh) kitob; 3) son o‘rnida: o‘nta(son) qalam – shuncha (olmosh) qalam, qancha (olmosh) qalam; 4) fe’l o‘rnida: kitobni o‘qimoq (fe’l) –kitobni nima qilmoq (olmosh); 5) ravish o‘rnida: bugun (ravish) keldi –qachon (olmosh) keldi; 6) taqlid o‘rnida: taq-tuq (taqlid) ovoz – qanday (olmosh) ovoz, shunday (olmosh) ovoz; 7) so‘z birikmasi o‘rnida: insho yozmoq (so‘z birikmasi) – nima qilmoq (olmosh); 8) gap o‘rnida: Istagim shuki (olmosh), dunyoda tinchlik bo‘lsin (gap).
Morfologik belgisi. Olmosh morfologik jihatdan o‘zgaradi: o‘zlari, shunaqaroq. Olmosh yasalmaydi, ammo ayrim ot, sifat, fe’l, sodda va qo‘shma ravishning yasalishi uchun asos bo‘la oladi: 1) ot: manmanlik, butunlik, o‘zlik; 2) sifat: hammabop, bizbop. 3) fe’l: mensimoq, sensiramoq, senlamoq, sizsiramoq, sizlamoq, o‘zlashmoq; 4) ravish: har doim, har kuni, har yili, o‘zicha, o‘zo‘zidan.
Olmosh qaysi turkumga xos so‘zni almashtirsa, shu turkumning morfologik xususiyatiga ega bo‘ladi:
1) otning morfologik xususiyatiga egalik: a) birlik: men, sen, kim; b) ko‘plik: kimlar, ular (Olmosh otning kichraytirish shaklini olmaydi. Ayrim holda -gina erkalash shaklini oladi: Shuginamni o‘ylayman);
2) sifatning morfologik xususiyatiga egalik: daraja: shunaqaroq;
3) sonning morfologik xususiyatiga egalik:a) tartib: nechanchi; b) dona: nechta; d) chama: nechtalar; e) taqsim: nechtadan; f) jamlovchi: nechov;
4) fe’lning morfologik xususiyatiga egalik: a) nisbat: nima qilishdi, shunday qildirdi; b)ravishdosh: nima qilgach, shunday qilib; d) sifatdosh: nima qilgan, shunday qilajak.
Olmosh o‘zi almashtiruvchi so‘zning barcha morfologik xususiyatiga ega bo‘la olmaydi. Mas., kishilik olmoshi ot o‘rnida qo‘llansa-da, egalik qo‘shimchasini qabul qilmaydi.
Sintaktik belgisi.Olmosh gapda barcha bo‘lak vazifalarda kela oladi. Uning muhim sintaktik belgisi – aniqlovchi olmasligi, belgi bildiradigan so‘zlarni tobelantirmasligi.
Olmosh nutqni ixcham ifoda qilishning muhim vositasi: Hamma kirsin. Bularni yig‘ishtiring. Olmosh mustaqil turkum bo‘lsa-da, o‘ziga xos so‘rog‘i va xoslangan vazifasi yo‘q. U qaysi turkumga xos so‘zni almashtirsa, shu turkum so‘rog‘ini oladi va shu turkumga xos vazifani bajaradi: 1) ega: Men kecha Stokgolmdan keldim; 2) otkesim: Firma rahbari –o‘zim; 3) sifatlovchianiqlovchi: Qanaqa surat chizding? 4) qaratqichaniqlovchi: Sening familiyang nima?5) to‘ldiruvchi: Kimga kimni maqtading? 6) hol:Majlis qachon boshlandi?7) kirish so‘z: Menimcha, ishni bugun tugatish kerak.
Uslubiy belgilari.a)U, bu, shuolmoshlari o‘rnida birso‘zi (yoki bir xilso‘zi) qo‘llanadi: Bir (shunday) chamanki, atrofida bulbul giryon. Bir xil (shunday) odam tushunmaydi; b) menolmoshi o‘rnida kamina, sizo‘rnida o‘zlariso‘zi qo‘llanadi: Bu ishda kaminaning zarracha tajribasi yo‘q. Siz va’da bergan edingiz – O‘zlari va’da bergan edilar; d) ilmiy ish, rasmiy hujjat, yig‘ilishlarda menolmoshi o‘rnida bizishlatiladi: Bizning (mening) bu ilmiy ishimizda ko‘rsatish olmoshining xususiyati haqida so‘z yuritiladi; e) hurmatni ifodalash uchun senolmoshi o‘rnida siz olmoshi qo‘llanadi. Siz bugun kelasizmi? Aksincha, hurmatsizlikni ifodalash uchun esa senolmoshiga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shiladi: Senlar buni tushunmaysanlar; f) ko‘rsatish olmoshi ta’kidlash, ajratish ma’nosini beradi: Kitob – bu dono maslahatchi.
Nima, bir narsa, nimadir, hech narsa, har nima, hech nima olmoshi belgisiz tushum kelishigida qo‘llanishi mumkin.
Olmoshning ma’noviy guruhlari. Olmosh atash ma’nosiga ega bo‘lmasa-da, matnda uning ma’nosi aniqlashadi. Shu jihatdan olmoshlarning 7 guruhi ajratiladi:
Kishilik olmoshi ot-olmosh, shaxsga ishora qiladi: men, sen, u, biz, siz, ular. Ular ot o‘rnida qo‘llanuvchi olmosh deyiladi.
Xususiyati:
1) hurmat ma’nosida seno‘rnida siz, ba’zan maqtanish yoki kamtarlik ma’nosida meno‘rnida bizqo‘llanadi: Buni biz yasadik. Bizga navbat qachon kelar ekan?
2) men olmoshi ko‘plikda qo‘llanmaydi. Senolmoshiga esa lar qo‘shilib, hurmatsizlik ma’nosi anglashiladi: Senlar ham keldinglarmi?
3) ko‘plik ma’nosini ta’kidlash uchun bizva sizolmoshi bizlarva sizlarshaklida qo‘llanadi.
4) kishilik olmoshi kelishik shaklini qabul qila oladi. Menva senolmoshiga ning, ni, niki qo‘shimchasi qo‘shilsa, n tovushi tushib qoladi, u olmoshiga ga, da, dan qo‘shimchasi qo‘shilsa, n tovushi ortadi: mening, meni, meniki, sening, seni, seniki, unga, unda, undan.
Menolmoshiningkamina, banda, faqir, qulingizkabi tarixiy ma’nodoshi bor. Men olmoshidan mavhum ot (menlik), takrorlanishidan sifat (manman) va undan mavhum ot (manmanlik) yasaladi.
Kishilik olmoshi gapda ega, ot-kesim, to‘ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi vazifalarida keladi.
O‘zlik olmoshi o‘z so‘zidan iborat, shaxsni ta’kidlash yoki yolg‘izligini ifodalash uchun qo‘llanadi. Qaratqich kelishigidagi so‘zdan keyin kelsa, ta’kidni (mening o‘zim, uning o‘zi, Karimning o‘zi, kitobning o‘zi), usiz kelsa, uch shaxsdan biriga ishorani (o‘zi (u), o‘zim (men), o‘zing (sen)) bildiradi.
Xususiyati:
1) egalik shaklini olib, uch shaxsni ham anglatadi: o‘zim, o‘zing, o‘zi, o‘zimiz, o‘zingiz, o‘zlari. O‘zlik olmoshi ot kabi turlanadi;
2) otning turli shaklini egalik qo‘shimchasidan keyin qabul qiladi: o‘zimning, o‘zingni, o‘ziga, o‘zimizda, o‘zingizda, o‘zlariday, o‘zimniki, o‘zigacha.
Ko‘rsatish olmoshi. Oldingi gap, gapdagi biron-bir so‘z, so‘z birikmasi o‘rnida qo‘llanib, unga ishora qiladi. Sifat, ot xarakteriga ega. Unga u, bu, shu, ul, o‘shal, o‘sha, ana, mana, ana shu, mana bu, anovi, unday, unaqa, uncha, bunday, bunaqa, buncha, o‘shanday, o‘shanaqa, o‘shancha so‘zlari kiradi.
Xususiyati:
U ko‘rsatish olmoshi u kishilik olmoshi bilan shakldosh. Uning kim so‘rog‘iga javob bo‘lgani kishilik, qaysi so‘rog‘iga javob bo‘lgani ko‘rsatish olmoshi hisoblanadi.
Bu, shu, u, o‘shaolmoshiga ga, da, dan, cha, day qo‘shimchasi qo‘shilsa, bitta n tovushi ortadi: unda, unga, undan, shunday, o‘shanday, shuncha.
So‘roq olmoshi. Shaxs, narsa, belgi-xususiyat, miqdor, sabab, maqsad, o‘rin, payt, harakat haqida so‘roqni birdiradi. Bunday olmosh har bir mustaqil so‘z turkumiga daxldor: kim, nima, qayer, qanday, qanaqa, qaysi, qancha, nechta, necha, nechanchi, qachon, qayerda, qayerga, qayerdan, qayoqqa. qayoqda, qayoqdan, nega, nechun.
Xususiyati. Kim, nima, qayerolmoshi otga daxldor bo‘lgani uchun ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchasini qabul qiladi: kimlar, kimlarim, kimingiz, kimga, kimlardan.
Qanday, qanaqa, qaysiolmoshi belgini aniqlash uchun ishlatiladi, gapda aniqlovchi, hol bo‘lib keladi va ba’zan qiyosiy daraja qo‘shimchasini oladi: qandayroq, qanaqaroq.
Necha, nechta, nechanchi, qanchaolmoshi son va ravish so‘rog‘i bo‘lganligi uchun bu turkumni aniqlashda qo‘llanadi.
Qachon, qayerga(da, dan), qayoqqa(da, dan), qani, nega, nechunso‘roq olmoshi ishharakatning bajarilish tarzi, payti, o‘rni, sababi va maqsadini bildirish uchun ishlatiladi, gapda hol yoki kesim bo‘lib keladi.
Bo‘lishsizlik olmoshi. Hech so‘zini so‘roq olmoshiga qo‘shish asosida hosil qilinadi va inkor ma’nosini bildiradi: hech bir, hech narsa, hech kim, hech nima, hech qanday, hech qanaqa, hech qaysi, hech qancha, hech qachon, hech qayerda.
Bo‘lishsizlik olmoshi qatnashgan gap kesimi inkor shaklida bo‘ladi: hech kim kelmadi, hech qayerga borma. Tasdiq shaklida bo‘lganda ham inkor ma’nosi anglashiladi: hech eshitganmisiz, yozda qor yoqqanini.
Kimsa oti bo‘lishsizlik olmoshi o‘rnida ishlatiladi: Dardimni eshitadigan kimsa topilmadi.
Belgilash-jamlash olmoshi. To‘pdan ajratilgan yoki jamlab ko‘rsatilgan shaxs, narsa, belgi, harakat-holatni ifodalaydi: hamma, barcha, bari, jami, yalpi, butun, har kim, har nima, har bir, har qaysi, har qachon, har qayerda;
Hamma, barcha, bari, jami, yalpi, butun olmoshlari sifat xarakterida bo‘lib jamlash, har+so‘roq olmoshi ko‘rinishidagi olmoshlar belgilash olmoshlari deb yuritilidi. Belgilash olmoshlari ot, sifat, son va ravish vazifasida qo‘llanadi va shu turkumlarga xos belgilarga ega bo‘ladi: har kimlarga, har nimadan, har qayerni.
Gumon olmoshi. Noaniqlik, gumon ma’nosini bildiradi. U 4 shaklga ega:
1) so‘roq olmoshi + dir: kimdir, nimadir, qandaydir, qanaqadir, qaysidir, qachondir, qayerdadir;
2) alla+so‘roq olmoshi: allakim, allanima, allaqayer, allaqancha;
3) bir+narsa/kishi/nima/qancha/necha so‘zi: bir narsa, bir kishi, bir qancha, bir necha;
4) boshqa turkumdan ko‘chirish: birov, biron(ta), biror(ta), falon(chi), fiston(chi).
Olmoshning tuzilishiga ko‘ra turlari. Olmosh tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft, takroriy bo‘ladi.
Sodda olmosh. Olmosh ma’noviy guruhlarining barchasida sodda olmosh mavjud: men, sen, u, qanday.
Qo‘shma olmosh. Bo‘lishsizlik, belgilash, ko‘rsatish olmoshlari qo‘shma olmosh bo‘lishi mumkin: har kim, hech kim, mana bu, ana u.
Juft olmosh. Faqat ko‘rsatish olmoshlari juftlashib qo‘llana oladi: u-bu, unga-bunga. Kishilik olmoshi juft qo‘llanganda otga o‘tib ketadi: Sen-menga borib qolishdi. O‘nta sizu bizdan, bitta jizu biz yaxshi.
Takroriy olmosh.Asosan so‘roq olmoshlari takror qo‘llanadi: kim-kim, nima-nima, shunday-shunday. Ko‘rsatish, o‘zlik olmoshlari takror qo‘llanib, ravishga xos ma’no beradi: Shu-shu uni ko‘rmadim. O‘z-o‘zicha ish tutdi.