1. alifni kaltak deyolmaydi: g‘irt savodsiz, hech narsa bilmaydi
2. ko‘z olmaslik: qarashni to‘xtatmaslik
3. ko‘zini olmaslik: qarashni to‘xtatmaslik
4. o‘pkasini bosolmaydi: o‘zini yig‘lashdan saqlab qololmaydi
5. o‘tirgani joy topa olmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi
6. o‘tqazgani joy topa olmaydi: o‘ta darajada ardoqlandi, parvona bo‘ldi
7. o‘ylab-o‘yiga eta olmaydi: uzoq o‘ylab, aniq bir fikrga kela olmaydi
8. o‘zini qo‘ygani joy topa olmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi
9. og‘ziga olmaydi: 1)umuman iste’mol qilmaydi 2)gapirmaydi
10. sevinchini yuragiga sig‘dirolmaslik: xursandchiligi oshib-toshib ketdi
11. teshik munchoq yerda qolmas: Uzoq vaqt turmush qilmay, uyda o‘tirib qolgan qiz-juvonlar haqida, shuningdek, har bir narsa vaqti kelganda kerak bo‘lishi, ishlatilishi mumkinligi haqida aytiladigan ibora
12. tob berolmaydi: chiday olmaydi, qarshi tura olmaydi
13. tob keltira olmaydi: chiday olmaydi, qarshi tura olmaydi
14. yuzidan o‘ta olmaydi: biror ishni qilishga kimningdir ra’yi, xohishi bilan hisoblashdi