1. 1. Yuqori darajada odobli, xulq-atvori, odamgarchiligi juda baland; ulug‘, asl.
Umid, sen oliyjanob, oqila bir qizning muhabbatini oyog‘osti qilding, sen bu alamni o‘lguningcha tortasan.
Mirmuhsin, Umid
Yaxshilarga ergashgan murodga yetadi. Deganlarki, oliyjanob odamlar har qachon yo‘ldoshimiz bo‘ladi.
Gazetadan
O‘z hamqishloqlarimiz, hamshaharlarimizning naqadar ajoyib, odamoxun, oliyjanob, dilkashligini boshqa yurt xalqlari bilan muloqotda bo‘lganingizdan keyin yanada yaxshiroq tushunarkansiz.
Gazetadan
2. 2. Yuqori darajada himmatli, oliyhimmat, himmati baland.
Raisimiz juda oliyjanob odam, eshitgandirsiz, yordam berib turadilar.
Mirmuhsin, Ildizlar va yaproqlar
3. 3. Juda yaxshi, misli yo‘q.
Oliyjanob uy.
4. 4. Ezgu, yuksak maqsadga ega.
Oliyjanob gap. Oliyjanob kasb. Oliyjanob ish.
▬
U odamlikning eng oliyjanob, eng yuksak, eng shirin hislaridan mahrum bo‘ladi.
S. Zunnunova, Olov
Nodirning xayoliga oliyjanob bir fikr keldi.
Sharq yulduzi