Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {olim}
So‘z bo‘g‘inlari: o-lim
Izoh(lar)i:
olim ot

1. 1. Fanning biror sohasi bo‘yicha maxsus bilimga ega bo‘lgan kishi. O‘zbekiston olimlari. Yosh olim. Tilshunos olim.

2. 2. Umuman, bilimli kishi. Olim bo‘lsang, olam seniki. Maqol
Oz-ozdan o‘rganib, olim bo‘lur. Maqol
Aflotun ham, Arastu ham zamonasining ko‘p dono, ko‘p aqlli olimlari bo‘lgan, shubhasiz. P. Tursun, O‘qituvchi

3. 3. Olim (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

 

G‘ozi Olim Yunusov 1893- yilda Toshkentda xizmatchi oilasida tug‘ildi. Boshlang‘ich ma’lumotni ham shu yerda olgach, 1908- yilda Qohiraga borib o‘qidi, 1914- yildan esa Turkiya universitetida tahsil ola boshladi.

Tilshunos dastlab 1923- yilda chet eldan qaytgach, jamoat ishlarida ishlab, tarjima bilan ham shug‘ullandi. Keyinchalik Samarqandda Til va terminologiya komitetida faoliyat ko‘rsatdi va filologiya fakultetida dars berdi. 1931- yili Toshkentga qaytdi. U yerda ham filologiya fakultetida ishlab, tilshunoslik seksiyasini boshqardi.

G‘.O.Yunusovga 1930- yildayoq Sharqshunoslik instituti tomonidan professorlik unvoni berilgan.

G‘.O.Yunusovning ilmiy-pedagogik faoliyati ko‘p qirrali va sermahsul bo‘lgan. Buni olimning tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folkloristika, etnografiya, tarix, arxeologiya, huquqshunoslik, falsafa kabi sohalarda qalam tebratganidan bilish mumkin. U juda ko‘p tillarni bilgan.

Olim o‘z xalqining hayoti, ayniqsa, tili, yozma va og‘zaki adabiyoti bo‘yicha ko‘p materiallar to‘plashga muyassar bo‘lgan, shu materiallar asosida “O‘zbek lahjalarini tasnifda bir tajriba” (1936), “O‘zbek urug‘laridan qatag‘onlar va ularning tili” (1930), “O‘zbek tili grammatikasi” (1936, qo‘lyozma) kabi asarlar yaratgan. 1922- yilda “Alpomish” dostonini ham birinchi bo‘lib G‘.O.Yunusov yozib olgan.

Atoqli olim qizqa, lekin sermazmun hayot ko‘rdi. Uning boy lingvistik, folklorshunoslik va etnografik merosi o‘zbek milliy madaniyati, tili xazinasidan munosib o‘rin olgan.

G‘.O.Yunusov 1939- yilda vafot etdi.

Ibora(lar): mavjud emas.

1. Berahm – shafqatsiz – qahrli – zolim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchliligiga ko‘ra )

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.