1. rvsh. sh. Oldinga, ilgari tomonga.
Olg‘a yurmoq.
▬
O‘zi pulemyotini sudrab, olg‘a emaklab ketdi.
A. Qahhor, Oltin kuz
2. 2. Olg‘a bosmoq
3. 3. 1) oldinga tomon yurmoq, ilgariga qarab siljimoq.
Xon yonida turgan xos navkar qilichini ushlab, beixtiyor bir qadam olg‘a bosdi.
S. Siyoyev, Avaz
4. 4. 2) rivojlanmoq, ilgarilamoq.
Ish olg‘a bosmoqda.
5. und. s. s. Ilgari tomon siljishga, oldinga tomon yurishga chaqirish nidosi.
Qani, olg‘a, g‘alaba arslonlari! Qani, olg‘a, vatan qahramonlari!
H. Olimjon, Tanlangan asarlar