1. 1. Bir-birovidan narsa olib, narsa berib turish, bir-birovining hojatini chiqarib turish va shu asosdagi muomala, aloqa.
Mulla Obid kabi o‘z oldiga dehqonchilik qilmoqchi bo‘lgan kelgindilar bilan ularning ko‘pda oldi-berdisi bo‘lmaydi.
A. Qodiriy, Obid ketmon
2. ayn. yn. Oliq-soliq 2.
— To‘ychiqning oldi-berdisi bir gap bo‘lar, — dedi Eshon Surxon-boyga.
I. Rahim, Taqdir
3. 3. Savdo-sotiq, savdo muomalasi.
U [Teshaboy] savdo-sotiq, oldi-berdi masalalarida, ya’ni birni o‘n qilish bobida ikki onani emgan quv buzoqlardan.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha