1. 1. Oq-qora, oq-malla va shu kabilar qorishiq tusli (hayvonlar tusi haqida).
Ola ot. Ola ho‘kiz. Ola tovuq somon sochar, o‘z aybini o‘zi ochar.
Maqol
Bu pulga manman degan galanskiy [golland] ola sigir olishingiz mumkin.
N. Aminov, Qahqaha
2. 2. Turli xil rangli, yo‘lli yoki gulli; chipor.
Ola (yo‘lli) beqasam. Ilon chaqqan ola arqondan qo‘rqar.
Maqol
Xonaning to‘ridagi po‘stak ustida oppoq soqoli ko‘ksiga tushgan, katta sallali, ola choponli domla o‘tirardi.
P. Tursun, O‘qituvchi
3. ko‘chma hma Kelishmovchilik, nifoq, nizo.
Oltovlon ola bo‘lsa, og‘izdagini oldirar.
Maqol
Ovul iti ola bo‘lsa, bo‘ri kelsa birikar.
Maqol.
[Tojiboy:] — Yo‘q, mening fuqarom ichida olasi yo‘q, — dedi.
P. Tursun, O‘qituvchi
4. ko‘chma hma Tugal emas, hakkam-dukkam, bir tekis unib chiqmagan; chala.
Chigit sifatsiz ekilib, ko‘chat ola chiqsa, kimga foyda-yu, kimga zarar?
M. Nazarov, Jilvon jilvalari