Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ola}
So‘z bo‘g‘inlari: o-la
Izoh(lar)i:
ola sf

1. 1. Oq-qora, oq-malla va shu kabilar qorishiq tusli (hayvonlar tusi haqida). Ola ot. Ola ho‘kiz. Ola tovuq somon sochar, o‘z aybini o‘zi ochar. Maqol
Bu pulga manman degan galanskiy [golland] ola sigir olishingiz mumkin. N. Aminov, Qahqaha

2. 2. Turli xil rangli, yo‘lli yoki gulli; chipor. Ola (yo‘lli) beqasam. Ilon chaqqan ola arqondan qo‘rqar. Maqol
Xonaning to‘ridagi po‘stak ustida oppoq soqoli ko‘ksiga tushgan, katta sallali, ola choponli domla o‘tirardi. P. Tursun, O‘qituvchi

3. ko‘chma hma Kelishmovchilik, nifoq, nizo. Oltovlon ola bo‘lsa, og‘izdagini oldirar. Maqol
Ovul iti ola bo‘lsa, bo‘ri kelsa birikar. Maqol.
[Tojiboy:] — Yo‘q, mening fuqarom ichida olasi yo‘q, — dedi. P. Tursun, O‘qituvchi

4. ko‘chma hma Tugal emas, hakkam-dukkam, bir tekis unib chiqmagan; chala. Chigit sifatsiz ekilib, ko‘chat ola chiqsa, kimga foyda-yu, kimga zarar? M. Nazarov, Jilvon jilvalari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Nutq a’zosinutq tovushini hosil qilishda ishtirok etadi, ularning jami nutq apparati deyiladi. Nutq apparati tuzilish nuqtayi nazaridan 4 ga bo‘linadi:1.Nafas apparati: o‘pka, diafragma,bir juft bronx,nafas yo‘li; 2.Bo‘g‘iz bo‘shlig‘i: halqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog‘ay,un paychasi; 3. Og‘iz bo‘shlig‘i: til, tanglay, kichik til,lab, tish; 4.Burun bo‘shlig‘i. Tovush hosil qilishdagi faoliyatiga ko‘ra 2 xil: 1. Faol a’zo: tovush paychasi, kichik til, til, yumshoq tanglay, pastki jag‘, lab; 2. Nofaol a’zo: yuqori jag‘, tish, qattiq tanglay, burun bo‘shlig‘i. Quyida ularning muhimlari tavsiflanadi.

          Diafragma – ko‘krak qafasi bilan qorin bo‘shlig‘i o‘rtasidagi muskul paydan iborat, nofaol nutq a’zosi hisoblanadi. Diafragma qisqarishi va kengayishi bilan nafas olish va nafas chiqarishni yengillashtirishga xizmat qiladi.

O‘pka –odam, quruqlikda yashovchi hayvonlar va ba’zi baliqlarning havodan nafas olish a’zosi. Odamda o‘pka bir juft, ko‘krak qafasining ikki tomonida joylashgan. O‘pka passiv nutq organi hisoblanadi.

Bronx – nofaol nutq azosi, odam kekirdagining havo o‘tadigan naysimon tarmoqlari. Kekirdak o‘ng va chap bronxga bo‘linadi. O‘pkadan chiqayotgan havo bronx orqali kekirdakka uzatiladi.

Bo‘g‘iz nafas a’zolarining burun bo‘shlig‘idan keyingi qismi; ovoz chiqarish va nofaol nutq a’zosi. Nafas olish va tovushnnig ravon chiqishini ta’minlaydi. Shuningdek, unli va hundosh tovushining hosil bo‘lish o‘rni.

Og‘iznutq tovushi hosil bo‘lishining so‘nggi bo‘limi. Old va yon tomonlari lunj bilan, yuqoridan yumshoq va qattiq tanglay, pastdan til osti muskullari bilan chegaralangan, orqa tomondan toq teshik, yani tomoq orqali halqum bo‘shlig‘iga tutashadi. Barcha unli va hdan boshqa undoshlar o‘zaro og‘iz bo‘shlig‘ida farqlanadi.

Burun –nofaol nutq a’zolaridan biri. Ovoz chiqarish va so‘zlashda rezonator vazifasini o‘taydi (ovozni kuchaytiradi va unga ohang beradi). Burun bo‘shlig‘i yondosh bo‘shliqlarga bo‘linadi, ular esa burun bo‘shlig‘iga tor teshiklar orqali ochiladi. Shuningdek, burun bo‘shlig‘i nafas olish, hid bilish vazifalarini bajaradi. Burun bo‘shlig‘im, n, ng tovushlarini hosil qilishda faollashadi.

Jag‘ – odam yuz skeletidagi eng yirik suyak. Yuqori va pastki jag‘larga bo‘linadi. Jag‘nutq tovushini hosil qilishda ishtirok etuvchi nofaol a’zo.

Tanglay – passiv nutq a’zosi, burun va og‘iz bo‘shlig‘ini bir-biridan ajratib turadi. Tanglay ikkiga ajraladi: a) qattiq tanglay; b) yumshoq tanglay. Tanglayning kichik tilga tutashgan qismi yumshoq tanglay, yuqori tishdan ungacha bo‘lgan qismi qattiq tanglay deyiladi. Yumshoq tanglay til va halqum bilan birlashadi. Unlilarning hosil bo‘lishida tilning tanglayga yaqinlashishi yoki uzoqlashishi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, undoshlarning aksariyati talaffuzida ham tanglay ishtirok etadi.

Tish ayrim undosh tovushlarni talaffuz qilishda ishtirok etuvchi a’zo. Tovushlarni talaffuz qilishda tish boshqa a’zolar, xususan, til, lab bilan qatnashadi. Shu boisdan lab-tish (f) tovushi ajratiladi. Boshqa undoshlarda ham tish ishtirok etsa-da, biroq tasniflarda u qayd etilmaydi. Mas., l, s, sh, z kabi undoshlar talaffuzida bevosita ishtirok etadi. Tish kasalligi, tishning noto‘g‘ri parvarishi noto‘gri qo‘yilgan sun’iy tishlar tovush talaffuzini buzadi.

Til – odam va umurtqali hayvonlar og‘iz bo‘shlig‘idagi muskulli organ. Odamda ovqatni chaynash, yutish bilan birga gapirishda qatnashadi.

Lab – og‘iz bo‘shlig‘ining kirish qismini tashkil etadigan muskul teri burmalari bo‘lgan faol nutq a’zosi. So‘zlashda talaffuzning to‘g‘ri va ravon bo‘lishini ta’minlaydi. O‘zbek tilidagi 5 ta undoshni (b, p, v, f, m) hosil qilishda qatnashadi, unlilarning lablanishini ta’minlaydi (u, o‘, o).

«O‘zbek tili frazeologizmlarining izohli lug‘ati» – turg‘un birikmalar bo‘lgan frazeologizm (ibora)larni o‘z ichiga jamlagan filologik lug‘at turi. Sh.Rahmatullayev tomonidan tuzilgan «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati» (Toshkent, 1978) bunday lug‘atning mukammal namunasi.

Lug‘at ikki qismdan iborat, birinchi qismda iboralar tavsiflansa, ikkinchi qismda iboralar tarkibida qatnashuvchi har bir so‘z alifbo tartibida berilib, bu so‘z qatnashuvchi turli iboralar keltiriladi. Lug‘atdan namuna:

Qulog‘i(i)ga chalinmoq nima kimning? Biror gapni yoki tovushni noaniq tarzda eshitmoq. O‘xshashi: qulog‘(i)ga kirmoq.

Erkaklar orasidagi gap Asalbibining qulog‘iga chalingan edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar. Uzoqdan traktorning guvillagan ovozi quloqqa chalinadi. R.Fayziy. Cho‘lga bahor keldi. (294- bet)

1. istihola qilmoq: shunday hisni tuymoq.

2. istihola tortmoq: shunday hisni tuymoq.

3. jon holatda: qo‘rqqani holda va shiddat bilan

4. ko‘z olaytirdi: 1) o‘qraydi 2)o‘z manfaatiga bo‘ysundirish niyatida bo‘ldi

5. ko‘zi ola-kula bo‘lib ketdi: olayib qaradi

6. ko‘zi ola-kula bo‘lib ketdi: olayib qaradi

7. nola chekmoq: chuqur qayg‘urib, iztirob bilan yig‘lamoq; oh tortmoq.

8. o‘zingizdan qolar gap yo‘q: «Hammasini o‘zingiz bilasiz, o‘rgatadigan joyi yo‘q» ma’nosidagi ibora.

9. olam guliston: hamma narsa ko‘ngildagidek, hech qanday e’tirozga o‘rin yo‘q

10. olam munavvar: hamma narsa ko‘ngildagidek, hech qanday e’tirozga o‘rin yo‘q

11. olamdan ketdi: qazo qildi, o‘ldi

12. olamdan o‘tdi I: yashadi

13. olamdan o‘tdi II: qazo qildi, o‘ldi

1. Afg‘on – fig‘on – faryod – nola
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisinig ortiq-kamligiga ko‘ra)

2. Bobo-ota- bola- nabira-chevara-evara-duvara
Ma’nosiga ko‘ra
(qarindoshlikning davomiyligiga ko‘ra)

3. Bola – o‘spirin – yigit – o‘rta yosh – keksa – nuroniy – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(ijtimoiy holatiga ko‘ra)

4. Chaqaloq – go‘dak – bola – o‘smir – yigit – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(ulg‘ayganlik belgisiga ko‘ra)

5. Chaqaloqlik – go‘daklik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik
Ma’nosiga ko‘ra
( davrlariga ko‘ra)

6. Farzand – bola – zuryod (zirriyot) – tirnoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

7. G‘ururlanmoq – kibrlanmoq – havolanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ko‘p-ozligiga ko‘ra)

8. Go‘daklik – chaqaloqlik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik – qarilik
Ma’nosiga ko‘ra
(davriy bosqichiga ko‘ra)

9. Ilova – risola – gazeta – jurnal – kitob
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lam darajasiga ko‘ra)

10. Insofli – vijdonli – adolatli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

11. Mag‘rurlanmoq – g‘ururlanmoq – kekkaymoq – kibrlanmoq – havolanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

12. Ninni – go‘dak – chaqaloq – bola – o‘smir – yigit – o‘rta yosh – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(yosh xususiyatining katta-kichikligiga ko‘ra)

13. Nola – nolish – oh – fig‘on – faryod – zor – dod – afg‘on
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining oshib borishiga ko‘ra)

14. Nola qilmoq – oh urmoq – faryod solmoq – afg‘on aylamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oshib borishiga ko‘ra)

15. O‘qimoq – mutolaa qilmoq – yod olmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra)

16. Ogohlantirmoq – tanbeh bermoq – jazolamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini keng-tor darajada ifodalashiga ko‘ra)

17. Yig‘i – nola – faryod – dod
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.