Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ojizona}
So‘z bo‘g‘inlari: o-ji-zo-na
Izoh(lar)i:
ojizona [o-ji-zo-na ]

1. Ojizlarcha, zaif va notavonlarcha. Og‘ir yuk ostida ezilgan kabi, uzun bir “uh tortib, ojizona, shikoyat ohangi bilan o‘z-o‘ziga dedi: Ey, dunyoyi bevafo! Oybek, Tanlangan asarlar

2. Itoatkorona, haqirona yolvorish bilan qilingan, o‘tinchli. O‘zimning sodiqona bu xizmatim evaziga janoblaridan ojizona o‘tinchim shulki, bu sirni sizlarga bildiruvchi men bo‘lganligimni o‘zlaridan boshqa kimsa bilmasin. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.