Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {og‘zaki}
So‘z bo‘g‘inlari: og‘-za-ki
Izoh(lar)i:
og‘zaki [og‘-za-ki ]

1. Nutq vositasida qilinadigan, amalga oshiriladigan, yozma emas. Oshno yozuvchi yoki jurnalist emaski, ko‘rgan-eshitganlarini gazetaga sotish oldidan og‘zaki pishitib olyapti, deb o‘ylasang. M. M.Do‘st, Lolazor

2. Quruq rasmiyat uchun aytilgan; puch. Zamira og‘zaki quruqqina so‘rashdi, Ochil ham rasmiy salom berdi. P. Qodirov, Uch ildiz

Antonim(lar)i: yozma
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.