1. Kasallanish, shikastlanish, jarohat yoki charchash natijasida seziladigan jismoniy azob, dard.
U o‘z azobiga, kuyuk og‘rig‘iga chidab, bardosh qilib, o‘ziga-o‘zi dalda berardi.
N. Safarov, Vodillik qahramon
2. Kasallik, xastalik, dard.
Og‘riqning birinchi kuni Kumush hech kimga sezdirmay yurdi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
3. Bemor, kasal, xasta.
Biron joyda ishlash u yoqda tursin, ko‘chaga chiqay degan o‘yning o‘zi uning uchun og‘riq ko‘z bilan oftobga qarashday yoqimsiz edi.
A. Qahhor, Sarob
4. Ruhiy azob, dard, alam.
Cholning qalbini allaqanday sovuq bir qo‘l ombur orasiga olib siqar, og‘rig‘i yuziga urib borar edi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
5. Tashvish, g‘am.
Mo‘minlar bir-birlarining og‘rig‘iga sherik bo‘lishi kerak.
Fan va turmush
6. Illat, kamchilik.
Bu og‘riq yangigina tuzilgan kolxoz sharoitida yuqumli bir ofat.
A. Qodiriy, Kichik asarlar