Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {og‘ri} - n ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: og‘-rin-moq
Izoh(lar)i:
og‘ri fl

1. 1. Kasal bo‘lmoq, biror kasallikka yo‘liqmoq, dardga chalinmoq. Ishlamay yegan, og‘rimay o‘lar. Maqol
Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino miya, qontomir, o‘pka kasalliklari bilan og‘rigan kishilarni davolashda yong‘oq mag‘zidan samarali foydalangan. Fan va turmush
Birdan Zebi xola og‘rib qoldi-yu, o‘sha yotgancha o‘rnidan turmadi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

2. 2. Kasallanib, shikastlanib, jarohatlanib yoki charchab og‘riq bermoq, og‘riqqa kirmoq. Oyog‘im og‘riyapti. Pichoqni avval o‘zingga ur, og‘rimasa, birovga ur! Maqol
Uning tani zirqirab og‘rir, ayniqsa, beli shunday og‘rirdiki, aslo chidab bo‘lmasdi. S. Ahmad, Ufq
Butun badanim zirqirab og‘riydi, endi juda kuchaydi og‘riq. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Kasallanib yoki qurt yeb to‘kilmoq (ho‘l mevalar haqida). Og‘rigan olma.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.