Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {og‘iz}
So‘z bo‘g‘inlari: o-g‘iz
Izoh(lar)i:
og‘iz [o-g‘iz ]

1. Ikki jag‘ o‘rtasidagi, ovqatlanish, so‘zlash yoki ovoz chiqarish uchun xizmat qiladigan bo‘shliq. Yo‘lchi uzumdan bir necha donani og‘ziga tashladi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Ikki lab va ularning bir-biriga tegib turgan joyi va atrofi. Og‘zidan o‘pmoq. Gulnorning kichkina chiroyli og‘zi hayratdan bir nafas ochilib, ko‘zlari, rostmi? degan kabi Nuriga tikildi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. So‘zlovchi kishi, odam. Ha, barakalla. Shuning uchun bunday gaplarni faqat og‘izma-og‘iz, o‘shanda ham faqat sinalgan, ishonchli og‘iz orqali yetkaziladi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

4. Birovning qaramog‘ida bo‘lgan odam; xo‘randa, nonxo‘r. Bazzoz pochchaning bekorchi og‘izga tobi yo‘q edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

5. Miltiq, to‘pponcha, minomyot, zambarak kabi otish qurollarining o‘q otilib chiqadigan teshigi, stvoli. Tishini qisirlatib dedi: — To‘pning og‘ziga qo‘yib otib yuboringlar mani, qonxo‘rlar! Oybek, Tanlangan asarlar

6. Ichki bo‘shlig‘i, ichi bo‘lgan narsalarning kirish-chiqish uchun xizmat qiladigan joyi, teshigi. Chayla og‘zida qo‘lida tugun bilan Azizxon ko‘rindi. S. Ahmad, Ufq

7. Idishlarning narsa olish-qo‘yish uchun xizmat qiladigan teshigi. Bo‘rivoy og‘ziga doka o‘ralgan sopol ko‘zani bilagiga osib, biqiniga qo‘ygancha Shirinquduqqa bordi. S. Nurov, Narvon

8. Ko‘cha og‘zi. Ko‘chaning, yo‘lning boshlanish, kiraverish joyi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. og‘iz I Ot
ikki lab oralig‘i, ikki jag‘ oralig‘idagi bo‘shliq

2. og‘iz II Ot
Yangi tuqqan sigirning birinchi kunlarda bergan sutidan tayyorlanadigan, qo‘ni-qo‘shniga ma’lum qilish maqsadida tarqatiladigan oqliq; palla.

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. bir og‘iz: juda oz, jindak

2. ellik og‘iz: juda ko‘p

3. Ikki og‘iz: ozgina, andak

4. Ikki-uch og‘iz: ozgina, andak

5. katta og‘iz: 1)soxta kibr-havoli, maqtanishni yaxshi ko‘radigan 2)imtiyozli mavqega ega(kinoya)

6. o‘n og‘iz: juda ko‘p

7. og‘iz juftladi: gapirishga hozirlandi

8. og‘iz ko‘pirtirdi: ko‘p va maqtanib gapirdi

9. og‘iz soldi: 1)qayliq yoki kuyov qilish niyati borligini aytdi 2)g‘ayri qonuniy ravishda o‘zlashtirishga harakat qildi

10. og‘iz-burun o‘pishdi: apoq-chapoq bo‘lib ketdi

11. og‘izini juftladi: gapirishga hozirlandi

12. og‘izini ko‘pirtirdi: ko‘p va maqtanib gapirdi

13. to‘rt og‘iz: oz-moz, bir oz

14. uch -to‘rt og‘iz: oz-moz, bir oz

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.