1. Og‘moq 3, 6 fe’lining birgalik nisbati.
Otabek Onasining nima bo‘lsa ham Marg‘ilon tarafga og‘ishganini va o‘zining kuchli bir dushmandan qutulayozganini payqadi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
2. Biror tomonga qiyshaymoq, og‘moq.
Dunyo o‘qi gorizontga og‘ishgan va shuning uchun yoritkichini osmon gumbazining janubiy tomonida hammadan balandroq ko‘tariladi.
Astronomiya
3. Biror tomonga yurmoq, yo‘l olmoq, o‘tmoq.
Homid o‘zining najot tomoniga og‘ishganini sezib entikdi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
4. Kiyimlari og‘ishib qolibdi. Almashmoq, adashmoq, o‘zgarmoq.
5. O‘zaro oldi-berdi qilib, bir-biriga qarzdor bo‘lmoq, o‘tishmoq yoki o‘tishgan qarz-qurzlarini bir-biriga to‘lab, orani ochiq qilmoq.
Shuni aytayotibman-da! Qiynalib qolmang, menda bor, berib turay, keyin og‘ishib ketarmiz.
Uyg‘un, So‘nggi pushaymon