Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {og‘irlik}
So‘z bo‘g‘inlari: o-g‘ir-lik
Izoh(lar)i:
og‘irlik [o-g‘ir-lik ]

1. Vaznning ortiqligi; qiyinlik, mushkullik. Toshkentdan uylanganimdan so‘ng, yolg‘iz boshimga ham Toshkentdan, ham Marg‘ilondan ikki xotin ushlab turish og‘irlik qila boshladi. A. Qodiriy, Utgan kunlar

2. Jismlarning yerga tortilish kuchi.

3. Tashvish, malollik. Har kuni ertalab ishga ketayotganingda, bolani bog‘chaga eltib qo‘yasan, qaytganingda — olib ketasan. Shundoq qilsang, o‘zingdan boshqa hech kimga og‘irligi tushmaydi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

4. Mushkul, qiyin, noqulay ahvol; qiyinchilik; azob-uqubat. Ular bir-birlariga qarashib, iljayishdilar. Nigor oyim ham og‘irlikdan chiqdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

5. O‘zini tuta bilish, sipolik; bosiqlik, vazminlik. U, qo‘llaridagi narsalarni stol ustiga qo‘ygach, og‘irlik va bosiqlik bilan Tursun xola yoniga bordi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.