Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ofat}
So‘z bo‘g‘inlari: o-fat
Izoh(lar)i:
ofat [o-fat ]

1. Boshga kulfat soluvchi yoki halokatga olib keluvchi baxtsizlik; balo. Xalq boshiga ko‘p ofatlar keltirgan Andijon zilzilasi Qorabuloqni suvdan mahrum qilib qo‘ydi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. Yo‘q qiluvchi; kushanda; iloj, davo. Taqsir, gunohning ofati tavba-ku. Hamza, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: balo I [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

«Latofatnoma»XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrning birinchi choragida yashab ijod etgan Xo‘jandiy qalamiga mansub va eski o‘zbek tilining nodir namunasi. Shu davrda Xorazmda hukmronlik qilgan Temurning avlodlaridan biri Sulton Mahmudga bag‘ishlangan. Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sidan farqli ravishda, har bir nomadan so‘ng g‘azal keltirilmaydi, fard, qit’a va munojotlar ham yo‘q. “Latofatnoma” masnaviy shaklida yozilgan. Bizgacha 4 nusxasi yetib kelgan. Ikkitasi Kobul kutubxonasi muzeyida, bir nusxasi Istanbulda, biri esa Britaniya muzeyida saqlanadi. 488- yilda ko‘chirilgan qo‘lyozma 313 baytdan iborat. Asar 1980- yilda E.Fozilov tomonidan nashr etilgan. “Muborak maktublar” majmuasiga kiritilgan.

 

Ibora(lar): mavjud emas.

1. Badbashara – xunuk – chiroyli – ko‘rkam – suluv –lobar –xushro‘y -go‘zal – ofatijon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiy- ijobiylik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

2. Balo – ofat – falokat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra )

3. Zarar – ziyon – talofat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.