Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {odil}
So‘z bo‘g‘inlari: o-dil
Izoh(lar)i:
odil [o-dil ]

1. Biror tomonga yon bosmay, qonun, adolat yuzasidan xolisona, haqqoniy ish tutadigan; adolatli, beg‘araz, to‘g‘ri. Rixsi bunday gaplarni, uning mehnatini, uni himoya qilib aytilayotgan bunday so‘zlarni birinchi marta eshitar, bu xilda odil odamlar borligini endi ko‘rib turmoqda edi. S. Zunnunova, Olov

2. Adolat bilan tuzilgan, adolat ruhi bilan sug‘orilgan; adolatli. Ammo buning uchun sen taklif etgan kurash falsafasi emas, go‘zal va odil qonunlar, islohotlar kerak. Oybek, Nur qidirib

3. Odil (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: adolatsiz
Sinonim(lar)i: adolatli
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: adil – [a] To‘g‘ri, egilmagan, bukilmagan, tikka; burilmagan, to‘ppa-to‘g‘ri.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.