1. Optik asbob, fotoapparat, kinoapparat va shu kabilarning bir necha linza yoki ko‘zgulardan iborat, obyektning teskari tasvirini hosil qiladigan old qismi. Faqat obyektivning oldida o‘zingizni tabiiy tutolsangiz bo‘lgani. T. Ashurov, Oq ot
2. Tabiatning obyektiv qonuniyati. Obyektiv borliq (reallik). Ongdan tashqarida bo‘lgan va ongga bevosita bog‘liq bo‘lmagan.
3. Yanglish yoki subyektiv fikrdan xoli bo‘lgan; xolis, xolisona, betarafona. Bizga shikoyat yo‘llashgan ekan, bu faktga obyektiv qarashimiz kerak! Yoshlik
1. obyektiv I Ot optika termini. Optik asbobning narsalarni katta yoki kichik qilib ko‘rsatadigan linzasi.
2. obyektiv II Sifat Falsafa termini. Ongdan tashqarida va unga tobe bo‘lmagan holatda mavjud bo‘lgan; xolis, beg‘araz