1. Direktorimizning obro‘yi baland. Kishining tutgan ishi va yaxshi xislatlari tufayli jamoatchilik qoshida topgan e’tibori; hurmat, nufuz.
2. Shunday hurmat sohibi.
Uning [mehmonning] yonida yotgan katta bir qora muqovali daftar bu kishi shubhasiz Qamishkapaning obro‘laridan ekaniga dalolat berib turardi.
P. Tursun, O‘qituvchi
3. Sharaf, iftixor; faxr; shuhrat, nufuz.
Rais bo‘lar kolxozchining kattasi. Obro‘ bo‘lar yerga ekkan paxtasi. Fozil shoir. Toshkent — o‘zbekning san’ati, tovushi, Quvnoq muzikasi, kuyi, obro‘yi.
G‘, G‘ulom