Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {obdira} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ob-di-ra-moq
Izoh(lar)i:
obdira fl

1. O‘zini yo‘qotmoq, gangimoq, dovdiramoq. — Nega obdirab qoldilaring? Otinglar, bosinglar bu uying kuygurni! — deb baqirdi. S. Ayniy, Qullar
To‘xtab turib yana tuproqni tashlab, bir tarafga qochib, cho‘chib, yaqosini ushlab, lahadga qarab, obdirab hoy, hoy, hoy, bay, bay — dedi. Hamza, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: gangimoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – garangsimoq – gangramoq – kalovlanmoq – mengrovsimoq – talmovsiramoq – obdiramoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.