Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ob-havo}
So‘z bo‘g‘inlari: ob--ha-vo
Izoh(lar)i:
ob-havo [ob-ha-vo ]

1. Atmosfera quyi qatlamining ma’lum vaqt va ma’lum joydagi holati. U [Elmurod] qaytgan vaqtda yomg‘ir tingan, lekin bu yerning o‘ziga xos ob-u havosiga muvofiq, yomg‘irdan keyin qattiq shamol turgan edi. P. Tursun, O‘qituvchi

2. Ma’lum joy yoki hudud atmosferasidagi meteorologik o‘zgarishlar majmui; iqlim. Mulla Turob bir yoz faslida Samarqand sayohatiga borib, u shaharning ob-u havosini yoqtirgan. S. Ayniy, Esdaliklar

3. ko‘chma:Vaziyat, holat. Bu gaplar qishloqda nechog‘liq tarqalganligi, ya’ni u yerdagi ob-havoni bilish maqsadida Nasibani avtobusga o‘tqazib, tongda qishloqqa jo‘natdi. Yoshlik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.