Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {o‘y}
So‘z bo‘g‘inlari: o‘y
Izoh(lar)i:
o‘y fl

1. 1. Biror narsa bilan kovlab, chuqur hosil qilmoq; kovlamoq. Yerni o‘ymoq. Devorni o‘ymoq. Tirnoq-la yer o‘yib, suvlar oqizgan G‘ariblar ahvoli qolardi tangga. G‘ayratiy
Avaz uchi tirsakka o‘xshash silliq tosh topib, bo‘zni o‘yib, ikki qator chuqurchalar yasadi. P. Qodirov, Qora ko‘zlar

2. 2. Chuqurcha hosil qiladigan qismini ajratib olmoq. Men ham lip etib hujraga kirib, xumchadan yog‘ o‘yib oldim. G‘. G‘ulom, Shum bola
Mana shu yolg‘iz qo‘lim bilan mal’un Japaqning ko‘zini o‘yaman. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi

3. 3. Naqsh, gul, tasvir va shu kabilar ishlash uchun biror sirtga iz, o‘yiq tushirmoq. Supachada bir parcha ganchga Naqqosh o‘yar so‘nggi nasini. E. Rahim
Islomxo‘ja ustalar bilan salomlashib, marmar toshga Ogahiy she’rlarini o‘yayotgan Xudoybergan muhrkan oldiga bordi. J. Sharipov, Xorazm
[Solijon] Takrorlaydi darslarin, Ko‘zdan tugal o‘tkazar, Toshga o‘ygan xat kabi Puxtalab dilga yozar. Q. Muhammadiy

4. 4. Yemirib, yuvib, chuqur hosil qilmoq. Oyqiz butun kuchini yig‘ib, Pogodinni suv o‘ygan chuqurlik qirg‘og‘iga sudrab keldi Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

5. ko‘chma hma Qattiq chimchilamoq. Rohila [qizning] biqinini o‘yib oldi. A. Qahhor, Og‘riq tishlar

6. ko‘chma hma Qattiq ruhiy azob bermoq. Yurak-bag‘rimni o‘yding, Meni nomusga qo‘yding. H. Olimjon

7. 7. O‘yib olmoq Qattiq ta’sirli, ta’zirli gap qilmoq. Alim buva mingboshini o‘yib oldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
biror narsani bahona qilib, gap bilan o‘yib-o‘yib oladi. O. Husanov, Nay

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: andisha [f-t]

1. o‘y I Ot
fikr, xayol

2. o‘y II Fe’l
chuqurcha hosil qilmoq

3. o‘y III Fe’l
burab olmoq, qattiq chimdimoq

Paronimi: uy Yashashga mo‘ljallab qurilgan bino; hovli; xonadon.
Qomus: mavjud emas.

1. bino qo‘ygan: ortiqcha baho bergan, yuksak fikrda bo‘lgan

2. bir yostiqqa bosh qo‘ydi: turmush qurdi

3. bo‘yi yetdi: oila qurish yoshiga yetdi

4. bo‘yin egdi: itoat qildi

5. bo‘yni yor bermadi: izzat-nafsi yo‘l qo‘ymadi

6. bo‘ynidan soqit qildi: o‘zini javobgarlikdan xoli qildi

7. bo‘yniga arqon solmoq: bajbur qilmoq

8. bo‘yniga oldi: e’tirof qildi, biror holatga rozi bo‘ldi

9. bo‘yniga osilmoq: birovga xiralik qilib yopishib olmoq.

10. bo‘yniga qo‘ydi: 1) to‘nkadi, ayb ag‘dardi 2) bajarishga rozi qildi

11. bo‘yniga tushdi: zimmasiga yuklandi

12. bo‘ynini xam qildi: itoatli bo‘ldi

13. childirmasiga o‘ynadi: izmi bilan, yo‘l-yo‘rig‘i bilan ish ko‘rdi

14. e’tiqod qo‘ymoq: e’tiqod bilan munosabatda

15. es- hushini olib qo‘ydi: o‘ziga o‘taketgan darajada mahliyo qilib oldi

16. eshigiga bosh qo‘ydi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi

17. gapni bir joyga qo‘ydi: o‘zaro bir fikrga keldi

18. hushini olib qo‘ydi: o‘ziga o‘taketgan darajada mahliyo qilib oldi

19. ixlos qo‘ydi: e’tiqod bilan qaradi

20. joni holiga qo‘ymaslik: 1)tinchlik bermaslik 2)xohishiga zid holda majbur qilish

21. jonidan to‘ydi: 1)yashashni istamadi 2)ortiq toqat qilolmasligi tufayli o‘limiga ham rozi bo‘ldi

22. jon-u holiga qo‘ymaydi: tinchlik bermaydi

23. joyiga qo‘ydi: bajardi, o‘rinlatdi

24. kavushini to‘g‘irlab qo‘ydi: haydab yubordi

25. kim qo‘yibdi?!: lozim emas, loyiq emas

26. ko‘ngil qo‘ydi: sevdi

27. ko‘rsatib qo‘yaman: qo‘rqitish

28. ko‘z bo‘yadi: aldadi, laqillatdi

29. ko‘z ochgani qo‘ymaslik: biror narsani betiga solib yoki qattiq talab qilib tinchlik bermaslik, qattiq siquvga oldi

30. ko‘zi o‘ynadi: ko‘z-ko‘z qilganligi tufayli havasi keldi

31. ko‘zini bo‘yadi: aldadi, laqillatdi

32. ko‘zini o‘ynatdi: ko‘z-ko‘z qilganligi tufayli havasi keldi

33. mehr qo‘ydi: butun hissiyoti bilan suydi

34. muhabbat qo‘ydi: sevish hissiga erk berdi

35. nog‘arasiga o‘ynadi: izmi bilan, yo‘l-yo‘rig‘i bilan ish ko‘rdi

36. nomimni boshqa qo‘yaman!: biror ishni bajarishga qasd qilganlikni bildirishda aytiladi

37. o‘rniga qo‘ydi: 1)bajardi 2)o‘rinlatdi

38. o‘y surdi: hamma narsani unutgan holda fikrladi

39. o‘yga cho‘mdi: chuqur fikrlash holatida bo‘ldi

40. o‘yga toldi: uzoq fikrladi

41. o‘ylab-o‘yiga eta olmaydi: uzoq o‘ylab, aniq bir fikrga kela olmaydi

42. o‘ziga bino qo‘ygan: ortiqcha baho bergan, yuksak fikrda bo‘lgan

43. o‘zini qayerga qo‘yishni bilmaydi: 1)kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi 2)bekorchilikdan zerikib toqatsizlandi 3)sevichdan kuchli hayajonlandi

44. o‘zini qo‘ygani joy topa olmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

45. o‘zini yo‘qotib qo‘ydi: gangib qoldi

46. o‘z–o‘zini yeb qo‘ydi: ichki ruhiy azoblanish natijasida ozib–to‘zib ketdi

47. obro‘yi baland: katta e’tiborga ega

48. obro‘yi ko‘tarildi: yana ham e’tiborli bo‘ldi

49. obro‘yi oshdi: yana ham e’tiborli bo‘ldi

50. obro‘yi to‘kildi: nufuziga zarba etkazdi

51. obro‘yi tushdi: nufuziga zarba yetdi

52. obro‘yini ko‘tardi: yana ham e’tiborli qildi

53. obro‘yini oshirdi: yana ham e’tiborli bo‘ldi

54. obro‘yini to‘kdi: nufuziga zarba etkazdi

55. obro‘yini tushirdi: nufuziga zarba yetkazdi

56. odam qo‘ydi: 1)o‘zi bilan o‘zga tomon orasida birov vositachiligidan foydalandi 2) biror kishi yordamida kimnidir ta’qib etdi

57. oldirib qo‘ygan yuragi: bezillab qolgan

58. ostonasiga bosh qo‘ydi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi

59. otimni boshqa qo‘yaman!: biror ishni bajarishga qasd qilganlikni bildirishda aytiladi

60. oyog‘iga bosh qo‘ydi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi

61. puch yong‘oq bilan qo‘ynini to‘ldirdi: yolg‘on va’dalar bilan aldadi

62. qo‘yi mingga etdi: behad sevindi

63. qo‘yniga qo‘l soldi: fikr niyatini bilishga harakat qildi

64. qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirdi: yolg‘on va’dalar bilan aldadi

65. qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqardi: yaxshilik qilaman degan holda yomonlik qilib qo‘ydi

66. qulog‘iga qo‘ydi: 1)gap uqtirdi 2)xotirasida mustahkam saqladi

67. qulog‘iga qo‘yilib qoldi: 1)gapni uqdi 2)xotirasida mustahkam saqladi

68. ro‘yobga chiqardi: 1)ko‘ngildagi istak-rejalarni voqelikka aylantirdi 2)moddiy-ma’naviy ojizlikdan xalos bo‘ldi

69. tek qo‘ymoq: Tinch qo‘ymoq, bezovta qilmaslik

70. tishini tishiga qo‘ydi: butun his-tuyg‘usini iroda kuchi bilan yengib chidadi

71. to‘ng bo‘yin: Bo‘yin bermaydigan, bo‘yin egmaydigan, o‘jar

72. to‘ydan ilgari nog‘ora qoqdi: ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan oldin gapirib yubordi

73. to‘ydirganning qorniga tepmoq: Yaxshilik, himmat qilgan, qo‘llab-quvvatlaganga yomonlik bilan javob bermoq ma’nosidagi ibora

74. tup qo‘yib, palak otmoq: kim Mustahkam o‘rnashib, martabasi oshmoq; bola-chaqali bo‘lib ketmoq.

75. umr bo‘yi..: ain. bir umr

76. vahimaga solib qo‘ydi: qo‘rqitib, o‘ylantirib qo‘ydi

77. yo‘l qo‘ydi: voqe bo‘lishiga imkon berdi

78. yo‘lga qo‘ymoq: faoliyatini yaxshiladi

79. yuragi o‘ynamoq: 1)yurak urishi odatdagidan ko‘ra tezlashdi 2)qalbi hayajonga to‘ldi

80. yuragini olib qo‘ymoq: bezillatib qo‘ydi

81. yuziga oyoq qo‘ymoq: behurmat qilish darajasida hisoblashmaydi

1. Badbashara – xunuk – chiroyli – ko‘rkam – suluv –lobar –xushro‘y -go‘zal – ofatijon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiy- ijobiylik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

2. Chiroyli – go‘zal – husnli – xushro‘y – ko‘rkam – barno – suluv – zebo – sohibjamol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

3. Chol – keksa – qariya – qari – mo‘ysafid – oqsoqol – boboy
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

4. is – hid – bo‘y
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiqligiga ko‘ra)

5. Jo‘yak – ariq – kanal – soy – daryo – dengiz
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamining ortib borishiga ko‘ra)

6. O‘yiq – chuqur – jarlik
Ma’nosiga ko‘ra
(chuqurlik darajasining katta-kichikligiga ko‘ra)

7. O‘ylamoq – fikrlamoq – xulosaga kelmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(tafakkur natijasiga ko‘ra)

8. Pakana – o‘rta bo‘y – novcha – daroz
Ma’nosiga ko‘ra
( katta-kichikligiga ko‘ra)

9. Qo‘zichoq – qo‘zi – shirvoz – to‘xli – qo‘y
Ma’nosiga ko‘ra
(yoshiga ko‘ra)

10. Qomat – qad(d) – qad-qomat – bast – bo‘y-bast – duxt – kelbat – soxt – sumbat – soxt-sumbat – andom – bichim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra )

11. Rostgo‘y – haqgo‘y – haqiqatgo‘y
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

12. Sassiq – badbo‘y – qulansa
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

13. Xushomadgo‘y – laganbardor – labbayguy – tilyog‘lama – yaltoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

14. Yomon – badbo‘y – sassiq – qulansa
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yoqining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.