Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {o‘tkir}
So‘z bo‘g‘inlari: o‘t-kir
Izoh(lar)i:
o‘tkir sf

1. 1. Yaxshi kesadigan; keskir. O‘tkir qaychi. O‘tkir ustara. O‘tkir pichoq. Ali tajangning ko‘zlari yana o‘ynab ketdi. Qani, qo‘lida o‘tkir boltasi bo‘lsa-yu, eng adil bir daraxtni kesib, yelkaga olib jo‘nasa! Oybek, Quyosh qoraymas
Mutalning birinchi harakati bo‘shga ketdi-da, chap biqiniga o‘tkir xanjar g‘archcha botirildi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Uchi nayzalangan; uchli. O‘tkir bigiz. O‘tkir nayza. O‘tkir uchli qalam.

3. 3. Ta’m bilish, hidlash, eshitish va boshqalar sezgi a’zolariga kuchli ta’sir etadigan, kuchli. O‘tkir ovoz. Tuzi o‘tkir ovqat. Quyoshning o‘tkir nuri kuydirmoqda. Bu ariqchalar bo‘yida o‘tkir hidli qoramtir yalpizlar o‘sgan. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
Achchiq, o‘tkir tamakidan boshi gir aylanib, ko‘zlari yoshlandi-da, yo‘tala-yo‘tala yurib ketdi. Oybek, Nur qidirib
Och qoringa tushgan o‘tkir may viz ettirib, me’dani qaynatdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. ko‘chma hma Ruhiy va boshqalar jihatdan ta’sir darajasi, kuchi yuqori; kuchli. O‘tkir asar. O‘tkir hajviy kulgi bilan sug‘orilgan bu gaplar O‘TA
Sharif Rizayev o‘zining o‘t-kir, tanqidiy, hujumkor maqolalarida eskilik sarqitlarini ayovsiz tanqid qildi. X. Yodgorov, Hayot to‘lqinlari

5. 5. Qobiliyatli, imkoniyati yuqori darajali. Aqli o‘tkir. Zehni o‘tkir. Gilamlarga o‘zgacha joziba bag‘ishlagan qizlarning chevar qo‘llari, o‘tkir ko‘zlari, nozik didlari Saodat
Nizomiddinovning qulog‘i o‘tkir edi. Tevarak atrofni butun vujudini quloq qilib eshitar edi. N. Safarov, Olovli izlar

6. 6. Kasb-hunar, bilim va shu kabilarda yuqori darajaga ega bo‘lgan, yuqori saviyali; kuchli. Yusufjon aka Farg‘ona vodiysining eng o‘tkir o‘yinchi ustozlaridan ko‘p raqslarni o‘rgangan edi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
Botirali to‘qay oralab borar ekan, garchand o‘zi o‘tkir ovchi bo‘lsa ham, ana shunday ov gashtini o‘ylamadi. H. G‘ulom, Mash’al
— Bu masterovoylaring juda o‘tkir xalq bo‘lar ekan-da? — dedi chol. Oybek, Tanlangan asarlar

7. 7. O‘tkir (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: o‘tmas
Sinonim(lar)i: keskir
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.