Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {o‘tkinchi}
So‘z bo‘g‘inlari: o‘t-kin-chi
Izoh(lar)i:
o‘tkinchi ot

1. 1. O‘tib borayotgan, o‘tib boruvchi; yo‘lovchi. Yo‘lda bitta-yarimta o‘tkinchi uchrab turadi. Oybek, Bolalik
Nizomjon tong yorishi bilan Oltiariq yo‘liga chiqdi-yu, o‘tkinchi mashinaga qo‘l ko‘tardi. S. Ahmad, Ufq

2. 2. Tezda o‘tib ketadigan, oz fursat ichida yo‘q bo‘ladigan, vaqtinchalik. O‘tkinchi havas. Hozirgina tingan o‘tkinchi yomg‘ir kunduzi tinimsiz harakatdan ko‘tarilgan changni bosgan. A. Qahhor, Sarob
Kishining tashidagi g‘azab o‘tkinchi bo‘ladi, yuragidagi nafrat esa dahshatli va mudhish bo‘ladi. F. Musajonov, Himmat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: yo‘lovchi
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.