Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {o‘rla} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi ∈ Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: o‘r-la-moq
Izoh(lar)i:
o‘rla fl

1. Yuqoriga, tepalikka tomon yurmoq, yo‘nalmoq, chiqmoq. Toqqa.o‘rlab Ochil ketib boradi. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li. Qirga ▬ Ayoli yosh boladay uning qo‘lidan tutadi. Yetaklashib, yuqoriga o‘rlaydilar. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha
o‘rlab ketadigan so‘qmoqda bir eshakli boryapti. T. Murod, Yulduzlar mangu yonadi

2. Ko‘kka (osmonga) ko‘tarilmoq; yuqorilamoq. Sulton ulardan [quyunlardan] qochib, mashinani dam chapga, dam o‘ngga burdi, nihoyat, qutuldik deganimizda, yana bittasi ro‘paramizdan osmonga o‘rlab qoldi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
Uylarning mo‘risidan ko‘tarilgan tutun osmonga o‘rlaydi. M. Hazratqulov, Jur’at

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: balandlamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Qistamoq – zo‘rlamoq – majburlamoq – majbur qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.