Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {o‘lim}
So‘z bo‘g‘inlari: o‘-lim
Izoh(lar)i:
o‘lim ot

1. biol. ol. Organizm hayot faoliyatining butunlay to‘xtashi, tugashi; ortga qaytmas jarayon, hujayra va to‘qimalarda fiziologik jarayonlar to‘xtab, ortga qaytmas holat sodir bo‘lishi.

2. 2. Inson yoki hayvon hayotining to‘xtashi; vafot, qazo. Otning o‘limi — itning bayrami. Maqol
Gulnor o‘limining uchinchi kuni Samarqanddan ularning bir qarindoshi kelgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Bel-bok olib kelgan odam o‘lim oldidan marhumning nimalar degani va qaysi samovarda uchratgani, birovni ko‘p tilga olganini so‘zladi. P. Tursun, O‘qituvchi

3. 3. Jon taslim qilish, jon berish jarayoni, vaqti. Mayli, siz uchun o‘limga ham tayyorman. P. Qodirov, Qora ko‘zlar
Lekin, Gulnorning o‘limi oldida aytgan so‘zlarini Gulsumbibi o‘z eriga uqtirgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Xayriyat, o‘lim chekindi, ikki oydan so‘ng bemor oyoqqa turdi. Gazetadan

4. s. t. t. O‘lim yuz berishi va u bilan bog‘liq holat, sharoit, jarayon. O‘zingiz bilasiz, bultur padar marhum bo‘lgan edilar, bugun boshimizga yana o‘lim tushadigan bo‘lib qoldi, tog‘am Homidni allakimlar chavoqlab ketibdilar! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
O‘lim— to‘y emas, borning pulini sochadi, yo‘qning sirini ochadi. E. Raimov, Ajab qishloq

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qazo [a], vafot [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. bir boshga bir o‘lim: -

2. o‘lim changali: O‘lim xavfi, o‘lim iskanjasi.

1. Band – qism – bob – bo‘lim
Ma’nosiga ko‘ra
(miqdor-hajmning ko‘plik darajasiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.