Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {nursiz}
So‘z bo‘g‘inlari: nur-siz
Izoh(lar)i:
nursiz [nur-siz ]

1. Nur bermaydigan yoki yoritilmagan; xira. Hamidjon oyning nursiz yorug‘i tushib turgan derazadan ko‘chaga qaradi. O‘. Umarbekov, Cho‘lda bir kun

2. ko‘chma Qoni qochgan, rangpar; xira (yuz, ko‘z haqida). Uning afg‘on choyfurushning] azaldan kulga o‘xshash nursiz yuzi battar qorayib ketganday ko‘rindi. A. Muxtor, Opa singillar

3. ko‘chma. Badiiy jihatdan bo‘sh, qizig‘i yo‘q, mazmunsiz. Nursiz asar. Gazetadan

4. ko‘chma. Ro‘shnolikdan yiroq, og‘ir. Tiyrak Hamidning nursiz hayotini bezagan birdan-bir narsa onasi Komila opaning so‘zlagan ertaklari bo‘ldi. O‘zbek adabiyoti

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.