1. 1. Makon yoki fazodagi ma’lum bir o‘rin; punkt.
Bir nuqtaga tikilib qolmoq.
▬
Har vaqtdagidan ko‘rkamroq, tiniqroq ko‘ringan to‘lin oy samoning bir nuqtasida qotgan kabi.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. 2. Darak gap va tinch ohang bilan aytiladigan undov gap oxirida, shuningdek, shartli qisqartmalarda qo‘llanadigan tinish belgisi .
3. “.“ “.“ Nota yozuvi, geografik xarita, plan kabilarda biror narsaning shartli ifodasi bo‘lgan belgi
Shaharning planini keltirib berdi va dorilfununga boradigan tramvay yo‘lini qizil siyoh bilan chizib, tushiladigan yerlarga qizil nuqtalar qo‘ydi.
A. Qahhor, Sarob
4. 4. Ma’lum bir tarmoqli tizimda biror tarmoq, narsa o‘rnashgan joy, punkt.
Pulemyot nuqtasi. Savdo tarmoqlarining nuqtalari.
▬
Artilleriya xuddi ro‘paradan otganday dushman okoplarini, o‘t ochish nuqtalarini birin-ketin tor-mor qilmoqda edi.
A. Qahhor, Oltin yulduz.
5. 5. Matematikada, mexanikada, fizikada o‘lchovi yo‘q punkt, o‘rin, kesmalar chegarasi.
A nuqta bilan B nuqta orasi. To‘g‘ri chiziqlarning kesishgan nuqtasi.
6. fiz. iz. Moddaning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish payti, chegarasi (harorat bilan bog‘liq).
Qaynash nuqtasi, Muzlash nuqtasi. Erish nuqtasi.
7. 7. Voqea, hodisa, ijtimoiy taraqqiyot va shu kabilar jarayonlarda ma’lum bir payt, chegara.