1. Tannoz ayollarga xos serish va harakat, qiliq; ishva, karashma.
Noz qilmoq. So‘z bilan, noz bilan, hangoma bilan yigitlarning ko‘kragiga o‘t soladi qirg‘iz qizlari.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. O‘z qadrini oshirish uchun qilinadigan noo‘rin talab, ortiqcha erkalik; tarang qilish.
Qizi borning nozi bor.
Maqol
3. Nozik; jizzaki.
Boshim toz, ko‘nglim noz.
Uyg‘un
4. ko‘chma Mayinlik.
Gumarda noz, Yellarda noz, Kel, chamanda qil parvoz!
T. To‘la, Oromijon