Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {noxush}
So‘z bo‘g‘inlari: no-xush
Izoh(lar)i:
noxush [no-xush ]

1. Ta’bi xira, kayfiyati yomon, buzuq. Ertalab Mahkam uni noxush ahvolda ko‘rib, yana murosalari kelishmaganini sezdi. P. Qodirov, Uch ildiz

2. Xush kelmaydigan, yoqimsiz, ko‘ngilsiz. Noxush xabar. Noxush gap. Uning [Munisxonning] yuzi za’faron bo‘ldi. Ayniqsa, bugun ertalab pochtalon tashlab ketgan gazeta noxush xabar keltirdi. S. Ahmad, Oydin kechalar

3. Nosog‘, betob, kasal. Bashorat xola kechga yaqin o‘zini noxush sezib, vaqtli yotib qoldi. A. Mirahmedov, Kulgan chechaklar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ko‘ngilsiz , yoqimsiz
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Noxush – ko‘ngilsiz – yoqimsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgi ifodalash kuchining ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.