Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {novda}
So‘z bo‘g‘inlari: nov-da
Izoh(lar)i:
novda [nov-da ]

1. Daraxtning yosh, ingichka va uzun, bebutoq tarmog‘i. Mohirona xomtok qilingan novdalar, siyrak yaproqlar oralab yerga tanga-tanga quyosh yog‘iladi. J. Abdullaxonov, Oriyat

2. ko‘chmaYosh, nozik. Ko‘ngli suv ichib qolibdi-da, bolaginamdan aylanay. Kelin ham novdagina, o‘yinchi bo‘lsa ham, kamsuxan, shikastaligini aytmaysizmi! A. Muxtor, Asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.