1. Yer yuzasining tevarak-atrofdagi tekislik, tepalik yoki boshqa balandlikka nisbatan yakka yoki qator holda baland ko‘tarilgan, odatda, turli tosh, qattiq jismlardan iborat qismi.
Tog‘ tizmasi. Tog‘ jinslari. Tog‘ning ko‘rki — tosh bilan, Odamning ko‘rki — bosh bilan.
Maqol
2. Aholi yashaydigan tog‘li joy, o‘lka; tog‘lik.
O‘rganishda ham gap ko‘p. Otaning o‘zi aytdi-ku, u tog‘da tug‘ilib, tog‘da o‘sgan. Ha, u tog‘ning o‘z odami.
S. Anorboyev, Oqsoy