Lug‘atlar

So‘z tarkibi: no - {shar} - iy
So‘z bo‘g‘inlari: no-sha-riy
Izoh(lar)i:
shar ot

1. mat. at. Fazodagi berilgan nuqtadan (markazdan) muayyan uzoqlikda joylashgan nuqtalarning geometrik o‘rni: yarim doiraning o‘z diametri atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan geometrik jism. Sharning sirtini o‘lchash. Sharning radiuslari.

2. Shunday shaklga ega bo‘lgan narsa. Ularning shakli ham qiziq: biri tuxumga, biri bilyard shariga o‘xshaydi, ba’zisi qayroq toshday uzunchoq va silliq. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
Ammo bo‘m-bo‘sh koridorda to‘satdan Zamira duch kelib qoldi. Ko‘z ko‘zga tushdi-yu, elektr sharlar chaqin chaqqanday bo‘ldi. P. Qodirov, Uch ildiz

3. Bolalar o‘ynashi uchun ichiga havo yoki havoga nisbatan yengil gaz to‘ldirilgan, dumaloq shakldagi rezinka pufak. Shar yorildi. ▬ Avvalgi bayramlardagidek havoda rang-barang sharlar uchib yurmayapti. I. Rahim, Chin muhabbat

4. 1. 1 Gazmolning kuch bilan yirtilishidan hosil bo‘lgan tovushni bildiradi. Surp shar etib yirtildi.

5. 2. Suyuqlikning shiddat bilan oqishidan hosil bo‘ladigan tovushni bildiradi. U qozonga bir paqir suvni shar etkazib quyib yubordi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.