1. Nonni yaxshi ko‘radigan, ko‘p non yeydigan.
Xudoyo, rahmatingdan o‘rgilay, oshxo‘rga osh, nonxo‘rga non yetkizursan.
Hamza, Maysaraning ishi
2. Biror oila boshlig‘ining ta’minotida, qaramog‘ida bo‘lgan kishi; xo‘randa, jon.
Narzi tog‘a endi oltita nonxo‘rdan iborat jo‘jabirday ro‘zg‘orining joni uchun o‘z ajalidan bir qo‘rqsa, dovyurak hamrohining joni uchun ming karra qo‘rqadi.
Sh. Toshmatov, Erk qushi
3. ko‘chma nafr.Tekintomoq, tekinxo‘r.
O‘z uyida bir nonxo‘r ortishi maxdumga, albatta, yoqmas edi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon