Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {nomer}
So‘z bo‘g‘inlari: no-mer
Izoh(lar)i:
nomer ot

1. 1. Bir turdagi predmetlarning ichida har birining tartib raqami. Uy nomeri. Telefon nomeri. Shukur, el qatori eshigimda nomer qoqilgan. Har qayerda bir yuz-u oltmish uchinchi, deb xat tashlasang keladi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. 2. Hujjat, ro‘yxatga olish va shu kabilar belgisi sifatidagi ma’lum raqamlar yozilgan yorliq, taxtacha. Mashina nomeri. Velosiped nomeri. Pasport nomeri.

3. 3. Kiyim-kechak, poyabzal va shu kabilarning katta-kichikligini, o‘lchamini bildiruvchi raqam. Men undan ikki nomer katta etik kiyaman.

4. 4. Mehmonxona, hammom va shu kabilarda alohida bo‘lma, xona. — Mehmonni mehmonxonaga olib bordim. Unga ikki xonali juda yaxshi nomer olib qo‘yilgan ekan, — dedi Meliboy aka. A. Qahhor, Dumli odamlar
Qo‘qonda nomerda bir O‘ris injener bilan tanishdim. Oybek, Tanlangan asarlar

5. 5. Teatr, sirk, konsert va shu kabilarning har bir alohida ijro etiladigan qismi. Programma nomerini e’lon qilmoq. Konferansye — yoshgina bir mariy yigiti chiqib: — Konsertimizning birinchi nomerida o‘zim mashq qilib beraman, — dedi. A. Qahhor, Oltin yulduz
Avdeyev navbatdagi mas’uliyatli nomerni bajarishga tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘shni xonaga kirib ketdi. Fan va turmush

6. harb. rb. To‘pchilar, pulemyotchilar guruhida ma’lum xizmatni bajaruvchi jangchi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.