Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {noinsof}
So‘z bo‘g‘inlari: no-in-sof
Izoh(lar)i:
noinsof [no-in-sof ]

1. Insofi yo‘q, insofsiz; vijdonsiz; adolatsiz. Obbo noinsof-ey, Shirmonbuloqning etagidagi qoratuproq yerlarning barisini qo‘lga kirgizib oldi-ya! M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

2. so‘k.Haqorat, koyish ifodalaydi. Kechagina nima degan edingiz! Yana lafzingizdan qaytdingizmi? Noinsof! A. Qahhor, Og‘riq tishlar.

Antonim(lar)i: insofli
Sinonim(lar)i: vijdonsiz
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Vijdonsiz – noinsof – yaramas – muttaham
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.