1. Ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan, ojiz (odam yoki uning a’zolari haqida).
Po‘latjon nogiron oyog‘iga qarab xo‘rsinib qo‘ydi.
S. Ahmad, Qadrdon dalalar
2. ko‘chma Noto‘g‘ri fikr yuritadigan, to‘g‘ri fikrga ega bo‘lmagan.
Yoshlar o‘rtasida tanballar, ma’naviy nogironlar, noshukurlar hali ham bor.Gazetadan
Gazetadan
3. ko‘chmaYaroqsiz bo‘lib qolgan, kamchiligi bo‘lgan.
Eskirgan va yoshini yashab bo‘lgan nogiron uskunalar g‘isht zavodlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga ham ta’sir qilayotganligiga chidab bo‘lmaydi.
Gazetadan
4. ko‘chmaYumuq, ojiz.
Nogiron g‘unchalar ham birin-sirin ochila boshladilar.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli.