1. 1. Kam topiladigan, noyob. Nodir qo‘lyozma. ▬ — Nodir o‘lka, hatto ta’riflashga so‘z topolmaysan, — dedi Komarova. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
2. 2. Qimmatbaho, bebaho, asl. — Xazina! — dedi Zargarov kaftlarida salqin nodir toshlarning salmog‘ini sezib. Ko‘zlarida ham kristallarning tovlanishi bordek edi. A. Muxtor. Bo‘ronlarda bordek halovat Zumrad barmog‘ini siladi; nodir uzuk barmog‘ini, yo‘q, yuragini siqayotgandek bo‘ldi. S. Siyoyev, Otliq ayol.
3. 3. Kam uchraydigan.
4. 4. Nodir (erkaklar ismi).
1. Noyob – nodir – taqchil – aziz Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)