NizomiddinMahmudov 1951- yil Farg‘ona viloyatida tavallud topgan, filologiya fanlari doktori, professor. Hozirgi o‘zbek tilshunosligining sintaksis, leksikologiya, leksikografiya, sotsiolingvistika sohalari bo‘yicha qator jiddiy tadqiqotlar yaratgan, ona tili bo‘yicha darsliklar e’lon qilgan yirik va sermahsul olim.
«O‘zbek tilidagi sodda gaplarda semantik va sintaktik asimmetriya» (1984), «Yozuv tarixidan qisqacha lug‘at – ma’lumotnoma» (1990), «Til va ma’naviyat» (hamkor, 1992), «O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi» (hamkor, 1992), «Turkcha - o‘zbekcha, o‘zbekcha – turkcha lug‘at» (hamkor, 1993), «O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis» (hamkor, 1995), «Til» (1998), «O‘zimiz va so‘zimiz» (1997), «Ma’rifat manzillarida» (2000), «O‘zbek tilida ish yuritish» (hamkor, 2003), «Ona tili» (hamkor, 2004) kabi qator darslik va qo‘llanmalar muallifi.