Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {nizo}
So‘z bo‘g‘inlari: ni-zo
Izoh(lar)i:
nizo [ni-zo ]

1. O‘zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat orqasida tug‘ilgan holat, munosabat; ixtilof, nifoq. Musulmonqul o‘z g‘arazi yo‘lida orada yo‘q nizolarni qo‘zg‘ab, kuyovi Sheralixonni o‘ldirdi, gunohsiz Murodxonni shahid etdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qarama-qarshilik
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

NizomiddinMahmudov 1951- yil Farg‘ona viloyatida tavallud topgan, filologiya fanlari doktori, professor. Hozirgi o‘zbek tilshunosligining sintaksis, leksikologiya, leksikografiya, sotsiolingvistika sohalari bo‘yicha qator jiddiy tadqiqotlar yaratgan, ona tili bo‘yicha darsliklar e’lon qilgan yirik va sermahsul olim.

«O‘zbek tilidagi sodda gaplarda semantik va sintaktik asimmetriya» (1984), «Yozuv tarixidan qisqacha lug‘at – ma’lumotnoma» (1990), «Til va ma’naviyat» (hamkor, 1992), «O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi» (hamkor, 1992), «Turkcha - o‘zbekcha, o‘zbekcha – turkcha lug‘at» (hamkor, 1993), «O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis» (hamkor, 1995), «Til» (1998), «O‘zimiz va so‘zimiz» (1997), «Ma’rifat manzillarida» (2000), «O‘zbek tilida ish yuritish» (hamkor, 2003), «Ona tili» (hamkor, 2004) kabi qator darslik va qo‘llanmalar muallifi.

Ibora(lar): mavjud emas.

1. Qarama-qarshilik – zidlik – nizo – kelishmovchilik – ixtilof – nifoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.