Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {nishtar}
So‘z bo‘g‘inlari: nish-tar
Izoh(lar)i:
nishtar [nish-tar ]

1. Jarrohlarning keskir asbobi. Ibn Sino yechib tashlagan qonli yaktagini kiyib, qo‘lida nishtar bilan yaradorning tepasiga keldi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi

2. Umuman, o‘tkir va sanchiladigan narsa. Dushman zaif joydan nishtar uradi. S. Ahmad, Hukm

3. ayn.Nish 2. Chayon zaharli nishtarini bir gal o‘rtancha barmog‘ining uchiga, ikkinchi marta ko‘rsatkich barmog‘iga sanchib oldi. P. Tursun, O‘qituvchi

4. ko‘chma O‘tkir, kuchli. Quyoshning nishtar nuri bahor yomg‘irida o‘sgan o‘tlarni qovjiratib yuborgan. Yo. Shukurov, Birinchi parvoz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.