Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {nisbatan}
So‘z bo‘g‘inlari: nis-ba-tan
Izoh(lar)i:
nisbatan [nis-ba-tan ]

1. Boshqalariga qiyosan; qiyosan olganda. Devorsiz bog‘ning shimol tomoni chakalakzor bo‘lgani uchun uni nisbatan ozroq qum bosgan. S. Ayniy, Esdaliklar

2. ko‘m. vzf.Ayirib, ta’kidlab ko‘rsa-tishni ifodalaydi; qaraganda, ko‘ra. Mahkamning bosiqligi esa uni Ochilga nisbatan bir necha yosh katta ko‘rsatardi. P. Qodirov, Uch ildiz

3. ko‘m. vzf.Harakat-holatning nimaga, kimga qaratilganligini, munosabatini bildiradi. Elmurodning ko‘nglida, endi cholga nisbatan bo‘lgan haligi nafrat o‘chib, uning o‘rniga ayanchga o‘xshash bir sezgi paydo bo‘ldi. P. Tursun, O‘qituvchi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.