Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {niqta} - n ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: niq-tan-moq
Izoh(lar)i:
niqta fl

1. 1. Tayoq sanchib yoki oyoqlari bilan ikki yoniga tepkilab, yurishga, ilgarilashga undamoq (ot-ulovni). U (otliq) sherigidan qolmaslik uchun otining tizginini siltaydi, oyog‘i bilan uning bag‘riga niqtaydi. P. Tursun, O‘qituvchi

2. 2. Qo‘l yoki oyoq uchi bilan turtmoq. — G‘aflatda qolmay o‘ling, otasi, — dedi erining boshiga niqtab. — Laylatulqadr bizlarni izzat qilib, o‘z oyog‘i bilan uyimizga kirib kelgan ekan. N. Maqsudiy, Laylatulqadr
Baland bo‘yli, paxmoq sochli, dov kazak askarlar xalqni urib, niqtab, orqaga surishga kirishdi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Tig‘izlab joylamoq, mushtlab tiqmoq. Qodir, niqtab paxta tiqilgan qanorning og‘zini tikib, taroziga keltirib qo‘yardi. S. Mahkamov, Dala tongi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.