1. 1. Tayoq sanchib yoki oyoqlari bilan ikki yoniga tepkilab, yurishga, ilgarilashga undamoq (ot-ulovni).
U (otliq) sherigidan qolmaslik uchun otining tizginini siltaydi, oyog‘i bilan uning bag‘riga niqtaydi.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. 2. Qo‘l yoki oyoq uchi bilan turtmoq.
— G‘aflatda qolmay o‘ling, otasi, — dedi erining boshiga niqtab. — Laylatulqadr bizlarni izzat qilib, o‘z oyog‘i bilan uyimizga kirib kelgan ekan.
N. Maqsudiy, Laylatulqadr
Baland bo‘yli, paxmoq sochli, dov kazak askarlar xalqni urib, niqtab, orqaga surishga kirishdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. 3. Tig‘izlab joylamoq, mushtlab tiqmoq.
Qodir, niqtab paxta tiqilgan qanorning og‘zini tikib, taroziga keltirib qo‘yardi.
S. Mahkamov, Dala tongi