1. Neptun — Quyosh sistemasida Quyoshdan uzoqligi bo‘yicha 8-sayyora. Ko‘zga ko‘rinmaydi. Fransuz astronomi U. Leveryening matematik hisoblari asosida 1846-yil nemis astronomi I. Galle tomonidan kashf etilgan. Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 30,071 astronomik birlik (4498,6 million kilometr).