1. Harakat yoki hodisaning sababi haqida so‘roqni ifodalaydi; nima uchun?
Qani, rostini ayt-chi, nega qo‘nimsizsan?
A. Qahhor, Qanotsiz chittak
2. Ritorik so‘roq gaplarda so‘zlovchining aytilgan, bo‘lib o‘tgan yoki ko‘zda tutilgan harakat, hodisa va shu kabilarga salbiy (afsuslanish, achinish) munosabatini bildiradi.
G‘am, qo‘rquv titrog‘i bilan ezilgan Gulnor ko‘rpaga o‘ralib o‘yladi: Nega kecha qochmadim?
Oybek, Tanlangan asarlar