1. Biror ishning, narsaning ahvoli, borishi, kishining yurish-turishi va shu kabilar ustidan doimo kuzatish, tekshirish.
Malohat bilan sudlashibdi chog‘i, o‘zi ham militsiya nazoratida emish.
A. Muxtor, Chinor
2. esk.Shunday ish olib boruvchi muassasa, bo‘lim; inspeksiya.
Safarov avvallari Taftish nazoratida nozir bo‘lib ishlaganida ham, otpuska olmas, o‘z sog‘lig‘ini o‘ylamas edi.
J. Sharipov, Xorazm
3. esk.Komissarlik, nozirlik, ministrlik.
Obidiyga Maorif nazoratidan kattagina bir vazifani berishdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari