1. Kishining yurish-turishi, harakat va qiliqlaridagi noziklik, latofat.
Qiz asilzodalarga xos bir nazokat bilan o‘zini erkin tutib kulimsirayotgan bo‘lsa ham, ko‘zining hayodan yaltillab ketganini Mavlono Fazliddin payqadi.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Muomaladagi noziklik, odob.
Murod darrov turib, hoji bilan so‘rashdi va nazokat bilan unga joy ko‘rsatdi.
A. Qahhor, Yillar
3. Nazokat (xotin-qizlar ismi).